Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan shahardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-sonli Qonuni (2020-yil 15-oktabr) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ajratilayotgan yordam va imtiyozlar, murojaatlar bilan ishlash hamda tegishli hujjatlar yuritilishi holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan foydalanish holati
ijtimoiy xizmatlar sifati
nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash ishlari
murojaatlar bilan ishlash tizimi
tegishli hujjatlarning yuritilishi tahlil qilindi

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilishini nazorat qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3