Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Qo‘qon shahrida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan shaharning “Sunbula” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy ta’minot, moddiy ko‘mak olish, nafaqa va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bir qator murojaatlar bildirildi.

Fuqarolarning har bir murojaati atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni qonuniy asosda hal etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Muloqot jarayonida aholi bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib, ularning taklif va mulohazalari ham tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning ijrosi nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Inson manfaatlarini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga amaliy yechim topish shahrimizdagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2