Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Qoraxon MFYda mahalla faolligi va ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Qoraxon MFYda mahalla faolligi va ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G.Baxramova Termiz tumani Obodonlashtirish boshqarmasi vakili bilan birgalikda Qoraxon MFYda bo‘lib, mahalladagi “yettilik” faoliyati hamda hudud infratuzilmasi holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, hududdagi ichki ko‘chalarning holati ko‘zdan kechirilib, mazkur yo‘llarda toshlash ishlari boshlanish arafasida ekanligi ta’kidlandi. Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

O‘rganish yakunida mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4