Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 16-Alangtepa saylov okrugi deputati T.Berdiyarova tomonidan Sh.Rashidov MFY hududi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududda yashovchi fuqaro tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib, holat atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Aniqlanishicha, mazkur hududdagi ayrim xonadonlar hovlisi ichidan asosiy elektr uzatish tarmoqlari o‘tgan bo‘lib, elektr simlarining yerga yaqin holatda osilib qolgani fuqarolar xavfsizligiga xavf tug‘dirmoqda.
Mazkur muammoni bartaraf etish va elektr tarmoqlarini belgilangan texnik talablar asosida tartibga keltirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi.