Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Muammolar ijobiy hal etildi

 Muammolar ijobiy hal etildi 

  

Oltiariq tumani Eskiarab MFY aholisi tomonidan ichki yo‘llar holatini yaxshilash, ko‘chalarni asfaltlashtirish masalasida uzoq yillar davomida murojaatlar bildirib kelingan.

Mahalla yettiligi tashabbusi va tuman hokimligi yordami bilan muammo ijobiy hal etildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etib, yetarli ovoz to‘plashi natijasida davlat mablag‘lari hisobidan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari boshlandi. Shuningdek, tuman hokimi belgilagan dastur doirasida, Xalq deputatlari tuman Kengashi
qaroriga muvofiq qo‘shimcha mablag‘ ajratildi va homiylik mablag‘lari jalb qilindi. Natijada hududdagi Gulshan, Tong yulduzi, Bunyodkor, Hidoyat, So‘lim, Do‘stlik, Hurriyat va Muruvvat ko‘chalarida 6 kilometrdan ziyod ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi.
Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilab,
aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratmoqda. Mahalla ahli yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnunligini bildirmoqda.
  

Slide 1 of 9