Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 4 may kuni o'tkazilgan sessiyasida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida"gi masala ko'rib chiqilib, qaror qabul
qilingan edi. Sessiyada tumanning Sharq MFY Sharq yulduzi ko‘chasida yashovchi aholini murojaatiga asosan ichimlik suvi tizimini yaxshilash uchun suv minorasi o‘rnatish masalasi muhokama etilgan. Tuman
Kengashining mazkur qaroriga muvofiq Sharq MFYga suv minorasi o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Aholi
tuman hokimligi va tuman Kengashi deputatlaridan mamnun.