Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.

Marg‘ilon shahridagi Zuhro mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Zebixon G‘ofurovaning 12-Ipakchi saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv saylovchilar muammolarini tinglash, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 12-Ipakchi saylov okrugidagi mahallalar vakillari, O‘zbekiston mahalla uyushmasi Marg‘ilon shahar bo‘limi rahbari hamda “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputatlar tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va faoliyatlariga oid batafsil axborot berildi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Fuqarolar hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, kadastr masalalari hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa dolzarb muammolar yuzasidan o‘z taklif va murojaatlarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar aholi va deputatlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 10