Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Gʻalla maydonlari koʻzdan kechirildi: Qonun ijrosi deputat tomonidan o'rganildi

Xalq deputatlari 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat Sahobiddin Xadjikulov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi tumanimizda qanday taʼminlanayotganini oʻrganish maqsadida dala maydonlari koʻzdan kechirildi.
Deputat gʻalla maydonlaridagi ayni paytdagi holat, gʻallaning pishib yetilish jarayoni va fermer xoʻjaliklarining mavsumga koʻrayotgan tayyorgarliklari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, omilkor dehqon va fermerlarimiz bilan uchrashib, yuqoridagi Qonun bilan ularga berilgan huquq va imtiyozlar, erkin faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan qonuniy kafolatlar xususida fikr almashildi.
Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
Hosil choʻgʻi: Gʻalla maydonlarining ayni paytdagi holati va kutilayotgan hosildorlik;
Agrotexnik tadbirlar: Yerlarning oʻz vaqtida sugʻorilishi va parvarishlanishi;
Fermerlar bilan muloqot: Sahodagi qonun ustuvorligi hamda fermer xoʻjaliklari duch kelayotgan masalalarni deputatlik nazorati doirasida oʻrganish.
Dala maydonlarini koʻzdan kechirish davomida bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida Kengash doirasida koʻrib chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3