Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–93-sonli qarori ijrosi doirasida Boyovut tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan “Navbahor” mahallasining “Mingterak” ko‘chasida asfalt-beton qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha hudud aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda transport qatnovi sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Rahmonqulov tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilmoqda. O‘rganishlar davomida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda loyiha talablariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bunday amaliy ishlar aholi turmush farovonligini oshirish va mahallalarda munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4