Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati O. Jo‘rayeva hamda XDP Kogon shahar Kengashi raisi Sh. Izamovalar Bunyodkor mahallasidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandilar.

Tashrif davomida yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishi, elektr tarmoqlari va jihozlarining texnik holati, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi, shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan xavfsiz va sog‘lom muhit holati batafsil ko‘rib chiqildi. Muassasaning ichki va tashqi hududlari, evakuatsiya yo‘laklari, yong‘inga qarshi vositalar hamda kundalik faoliyatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq har bir masalaga ustuvor ahamiyat qaratilib, mavjud sharoitlarning amaldagi talablar asosida tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan muloqot davomida tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash nafaqat bugungi kun talabi, balki kelajak avlodning sog‘lom va barkamol voyaga yetishiga xizmat qiladigan muhim omildir. Shu bois bu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, xavfsizlik madaniyatini yanada mustahkamlash va profilaktik choralar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6