Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
🔰Deputatlar tomonidan Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
🔰Deputatlar tomonidan Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

🏦Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati Hurmatoy Qudratova hamda Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Nozima Ismailova tomonidan Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va muassasaning bugungi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔖O‘rganish jarayonida muassasaning qabul bo‘limlari, davolash xonalari, laboratoriya va diagnostika xizmatlari, statsionar bo‘limlar hamda dori-darmon ta’minoti holati ko‘zdan kechirildi.

🔖 Shuningdek, tibbiyot muassasasida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifat va samaradorligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔖Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari hamda boshqa imtiyozli toifadagi fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.

🔖 Bemorlar hamda ularning yaqinlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar yuzasidan fikr-mulohazalari olindi.

📂Deputatlar tomonidan tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlash, aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, tibbiy xizmatdan foydalanishda qulayliklarni kengaytirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

📌Shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda imtiyozga ega fuqarolarning tibbiy xizmatlardan to‘liq va o‘z vaqtida foydalanishini ta’minlash masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

📉O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

✍️ Deputatlar bu yo‘nalishdagi ishlar ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borishlarini ma’lum qildilar.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 6