Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi

Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi

“O‘zbekiston Respublikasining “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonuni organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Mazkur qonun bilan organik mahsulotlarni yetishtirishda atrof-muhitni muhofaza qilish, inson salomatligini asrash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Qonunga ko‘ra, organik mahsulotlar kimyoviy qo‘shimchalarsiz, sintetik moddalar, pestitsidlar va genetik modifikatsiyalangan organizmlardan foydalanmagan holda ishlab chiqarilishi lozim.

Shuningdek, organik mahsulotlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, ishlab chiqaruvchilar reyestrini yuritish hamda mahsulotlarni “organik”, “ekologik”, “natural” kabi belgilar bilan tamg‘alash tartiblari aniq belgilab qo‘yildi.

Mazkur qonun organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.