Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida “Avg‘onbog‘” MFYga qarashli Tokzor, Avg‘onbog‘, O‘rikzor, Tadbirkor, Bobobek hamda Ziyokor 1-2-3-tor ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi uchun elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida tayanchlarni almashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan yuborilgan rasmiy javobda qayd etilishicha, mazkur hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash hamda eskirgan tayanchlarni almashtirish ishlari shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan kelgusi yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturga kiritilishi rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, ushbu dastur doirasida hududdagi elektr tarmoqlari infratuzilmasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Mazkur masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi