Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihalar ijrosini o‘rganish maqsadida mazkur yo‘nalishga biriktirilgan deputat Xurshid Jo‘raxolov tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida tumanda faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, “Yaxshiboyev Jamshid” oilaviy hunarmandchilik faoliyati orqali hozirgi kunda 8 nafar yoshning bandligi ta’minlangani, “Akobirova Dilrabo” MCHJning tikuvchilik sexida esa 30 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangani qayd etildi.

Shuningdek, “Nazarova Shahnoza” oilaviy tadbirkorligi (nonvoyxona) faoliyati orqali 5 nafar fuqaro ish bilan band qilingani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Olimova hamda viloyat Kengashi deputati A.Bababekovlar ham ishtirok etib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va yangi loyihalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Slide 1 of 5