Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Ichki yo‘lning ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida olib borilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, yo‘l qoplamasining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar atroflicha tahlil qilindi.

🔺Fuqarolar tomonidan mazkur hududda uzoq yillardan buyon yo‘l holati muammo bo‘lib kelgani, ayniqsa yomg‘irli kunlarda harakatlanish qiyinlashgani ta’kidlandi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari aholiga katta yengillik yaratayotgani alohida qayd etildi.

🔺O‘rganish davomida deputat tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarida sifat va nazoratni kuchaytirish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l chetlarini obodonlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🔺Ta’kidlanganidek, hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 4