Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Qo‘qon shahridagi 4-maktabda ijtimoiy soha ob’yektlarining holati o‘rganildi!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva shahardagi 4-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasadagi shart-sharoitlarni atroflicha o‘rgandi. Kuzatuv davomida asosiy e’tibor o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, kitobxonlik madaniyati va jismoniy chiniqishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga qaratildi.

Bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sportga keng jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, ishchi guruh maktabdagi sport inshootlarining holatini ko‘zdan kechirdi. Tekshiruv davomida sport zallari va maydonchalarining texnik sozligi, o‘quvchilar xavfsizligi talablariga javob berishi hamda zarur sport anjomlari (to‘plar, gimnastika jihozlari, trenajyorlar) bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilindi.

Shuningdek, maktab kutubxonasining faoliyati ham diqqat markazida bo‘ldi. O‘.Tojiyeva kutubxona fondidagi badiiy adabiyotlar, xususan, "Jahon adabiyoti" bo‘limidagi kitoblar zaxirasi, darsliklarning saqlanish holati va yangi kitoblarning xatlovdan o‘tkazilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, sport majmuasidagi jihozlarni yangilash va kutubxona fondini yanada boyitish yuzasidan maktab rahbariyati va tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Ijro nazorati Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan ta’minlanadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5