Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Teng huquq va teng imkoniyatlar — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova tomonidan mahallalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda teng imkoniyatlarni ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–562-son Qonunida belgilangan qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O‘rganishlar davomida mahallalarda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, bandligi, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirilishi, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ularning jamoatchilik hayotidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilib, fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy adolat va mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2