Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Navoiy shahrida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi

Navoiy shahrida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi

Navoiy shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev Navoiy IIV akademik litseyiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasi o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etilib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, kelajakdagi maqsad va rejalari, kasb tanlashdagi ustuvor yo‘nalishlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tib, o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Barcha savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Shu bilan birga, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning fikrini eshitish, ularni rag‘batlantirish va kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 3