Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tumanining chekka hududlaridan biri — Do‘stlik mahallasida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan yana bir muhim va quvonchli voqea bo‘lib o‘tdi.

 “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m ssuda mablag‘lari evaziga zamonaviy “Smart English” o‘quv markazi tashkil etilib, uning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur markaz yoshlarning bilim olishi, ayniqsa, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Tadbirda Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov ishtirok etib, yangi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va uning kelgusida yoshlar ta’limida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

Ushbu o‘quv markazi nafaqat Do‘stlik mahallasi, balki atrof hududlardagi yoshlar uchun ham sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashda muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Zero, imkoniyat yaratilgan joyda albatta natija bo‘ladi!

Slide 1 of 7