Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda

Alpomish mahallasidagi qurilish ishlari o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori asosida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov tomonidan tumanning Alpomish mahallasida joylashgan 37-sonli maktabda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyida o‘rganildi.

Loyiha doirasida 120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi, 50 o‘rinli oshxona hamda 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi ishlari olib borilmoqda.

Qurilish ishlari “TALLASHQON-INVEST” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi, deputati pudratchi tashkilot va tegishli mas’ullarga qurilish ishlarini faqat sifatli materiallar asosida olib borish, belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bu kabi nazorat tadbirlari tuman deputatlari tomonidan doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Slide 1 of 8