Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda har hafta “Payshanba – yoshlar kuni”ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish yuzasidan ishchi guruh tomonidan bir qator taklif va qo‘shimchalar bildirildi.

Jumladan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ommaviy velomarafon o‘tkazish, markaziy ko‘chalarda rahbarlar, yoshlar, talabalar va tashkilot xodimlari ishtirokida velosayrlar tashkil etish, mahallalarda unutilib borayotgan harakatli o‘yinlarni tiklash kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, tumandagi markaziy o‘yingohda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy musobaqalarining tuman bosqichini o‘tkazishga ko‘maklashish, “Vatan tayanchi” harakati a’zosi, xalqaro musobaqa g‘olibi Amirxon Xudoyshukurov bilan uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirildi.

Mazkur tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun tuman hokimligi, sport maktabi, Yoshlar ishlari bo‘limi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, mudofaa ishlari bo‘limi, “Vatanparvar” tashkiloti hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

Slide 1 of 2