Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
Deputat nazorati: Aholi va ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolar e’tibor markazida

Deputat nazorati: Aholi va ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolar e’tibor markazida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyakulov tomonidan hududdagi muammolar yuzasidan chiqarilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi joyiga chiqqan holda, tanqidiy o‘rganildi.

Navbatdagi nazorat tadbiri davomida deputat, tuman “Suvoqova” MChJ boshlig‘i M.Odinayev hamda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘liminig birinchi o‘rinbosari G‘.Toshev bilan birgalikda “M.Eshtemirov” MFY hududidagi dolzarb masalalarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish natijalari:

O‘zbekiston ko‘chasi: Hududdagi suv minorasining texnik holati tahlil qilinib, aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha choralar belgilandi.

19-sonli MTT hududi: Markazlashgan suv tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik (yorilish) natijasida ichimlik suvi isrof bo‘layotgani va muassasa hududida suv to‘planib qolayotgani aniqlandi. Ushbu holat bino poydevorining cho‘kishi va devorlar namlanishi kabi jiddiy texnik xavflarni keltirib chiqarayotgani alohida ta’kidlandi.

Deputat, tuman "Suvoqova" MChJ boshlig‘i M.Odinayev hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutasaddilari bilan birgalikda muammoni bartaraf etilishi va tegishli choralar ko‘rilishi belgilab oldilar. Masala to‘liq hal etilgunga qadar deputat nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 4