Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
Termiz tumanida doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz tumanida doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining ikki muhim yo‘nalishdagi doimiy komissiyalari — Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida tuman aholisining ijtimoiy farovonligi va hududni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Hisobotlar va muhokama:

Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi:

F. Abjalov (Termiz tumani hokimi o‘rinbosari) — 2026-yilning birinchi choragida “Yoshlarga oid davlat siyosati

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunning ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

A. Qaxxorov (“Termiztumangaz” ta’minoti korxonasi boshlig‘i) —Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar bo‘yicha hisobot berdi.

Muhim: Komissiya a’zolari tomonidan hisobotlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Deputatlar har bir masalaning ijrosi yuzasidan o‘z takliflarini bildirib, soha mutasaddilariga aniq muddatli topshiriqlar berishdi.

Slide 1 of 4