Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
янв.21
Депутат маҳалладаги битирувчи қизлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат ТЕТ ходимлари билан биргаликда муаммолар ечимини топмоқда.
янв.21
Mahalla tinchligi va yoshlar tarbiyasi — ustuvor vazifa
Ariza deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga Obod saylov okrugidan saylangan deputat Z. Rahimberganova tumandagi Sayapr mahallasi, Paxtazor ko‘chasi 88-uyda yashovchi fuqaro Xudayor Qalandarovning murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro X. Qalandarov 2026-yil yanvar oyida “Nuroniy” sanatoriyasida davolanib qaytgan. U o‘z arizasida Toshkent viloyati Nav qishlog‘ida joylashgan, Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli sanatoriyaga yo‘llanma ajratilishida amaliy yordam so‘ragan.

Hozirgi kunda fuqaro X. Qalandarov Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan sanatoriyada davolanish uchun navbatga qo‘yilgani aniqlandi.

Uchrashuv davomida deputat fuqaro bilan uning kundalik muammolari yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va mavjud imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Suhbat yakunida fuqaro X. Qalandarovga Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan boshqa sanatoriyalarda ham dam olish imkoniyatlari borligi tushuntirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

 

Slide 1 of 2