Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari Do‘stlik mahallasida o‘rganishlar olib bordi

Xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari Do‘stlik mahallasida o‘rganishlar olib bordi

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya ijrosini ta’minlash hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini nazorat qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda deputat S.Rajabova ishtirok etib, tumandagi “Do‘stlik” mahallasi misolida tavsiyalar ijrosining amaliy holati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish markazida – Maktabgacha ta’lim

Ishchi guruhi o‘rganishlar davomida mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Jarayonda quyidagi jihatlar tahlil qilindi:

Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar: Xonalarning jihozlanishi, issiqlik tizimi va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi.

Ta’lim sifati: Mashg‘ulotlarning zamonaviy metodika asosida tashkil etilishi va bolalarning ma’naviy-intellektual rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlar.

Oziq-ovqat xavfsizligi: Oshxona faoliyati, mahsulotlarning sifati va belgilangan me’yorlar asosida tayyorlanishi.