Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Jumayeva Svetlana va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar tumandagi “Buyuk ipak yo‘li” mahallasiga borib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son Qaroriga asosan 2025-2026-yillarda ichki yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga ajratiladigan mablagʻlar parametrlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahallada o‘rganish olib bordilar.

VMning 665-sonli Qarori asosida mahalladagi Gulxovuz-3 ko‘chasining 1 km masofasini asfaltlashtirish rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Gulxovuz-3 ko‘chasida amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish jarayonlari bilan tanishildi.

Reja bo‘yicha jami 1 km ichki yo‘llarning oxirgi masofalariga tosh-shag‘al aralashmasi to‘kib tekislanib, asfalt qoplamani yotqishning yakuniy ishlari bajarilmoqda.

Mazkur jarayonlar xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olinib, bajarilayotgan ishlarning sifati joyida o‘rganib borilayapdi.

Slide 1 of 7