Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Yangi bog‘ MFY hududidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat o‘rganildi.

Mazkur murojaat shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov boshchiligida, shahar IIB YHXB boshlig‘i podpolkovnik A.Umarqulov, elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari hamda murojaatchi vakillari ishtirokida joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi elektr ta’minotida yuzaga kelgan muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Mas’ul tashkilotlar hamkorligida ijobiy hal etildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi amaliy yondashuv fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, ularning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammolarni tezkor hal etish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi bundan buyon ham hududlarda aniqlanayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish yo‘lidagi ishlarini davom ettiradi.

Slide 1 of 4