35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
Kengash_faoliyati

🏛 “FAROVON” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 13-Farovon saylov okrugi deputati Azamat Pardayev tomonidan “Farovon” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

✅ O‘rganish markazida — “Mahalla yettiligi”

✅Deputat mahalla yettiligining ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini tahlil qildi. Mahalladagi bunyodkorlik ishlari va aholining ijtimoiy faolligi ijobiy baholandi.

✅Yo‘l infratuzilmasi va sifat nazorati

✅Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosi doirasida quyidagi ishlar ko‘zdan kechirildi:

✅ Amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlarining sifati va hajmi bevosita joyida tekshirildi.

✅Jamoatchilik nazorati: Yo‘llarni asrab-avaylash va saqlashda mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari kelishib olindi.

✅Obodonlashtirish: Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅“Maqsadimiz — har bir murojaat ortida inson qadrini ulug‘lash va hudud infratuzilmasini sifatli darajaga ko‘tarishdir.”Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 1