Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
#sorov_ijrosi ➕ Deputat so‘rovi asosida 5-son oilaviy poliklinika rekonstruksiyasi yuzasidan ma’lumot olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Faxriddin Abdurazzaqovning deputat so‘roviga asosan, Ishtixon tumani 5-son oilaviy poliklinikasi binosini rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan Sog‘liqni saqlash bo‘limining rasmiy javobi olindi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 5 mlrd 666 mln so‘mni tashkil etadi.

2026-yil I choragi davomida:

eski bino va inshootlar to‘liq buzib tashlangan;

qurilish maydoni tayyor holatga keltirilgan;

yangi bino uchun poydevor va asosiy qurilish ishlari boshlangan.

Mazkur obyekt mavjud 150 qatnovli binoni zamonaviy 2-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirishni nazarda tutadi. Qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq davom etmoqda.

Qayd etilishicha, poliklinikani foydalanishga topshirish muddati 2026-yil 15-iyul etib belgilangan bo‘lib, belgilangan muddatda yakunlash imkoniyati mavjud.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur obyekt bo‘yicha ishlar izchil kuzatib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1