Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#24_ta_masala #kotibiyat_mudiri 🎮 G‘ofur G‘ulom mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan 2-Nizomiy saylov okrugiga qarashli G‘ofur G‘ulom mahallasida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, mahalla profilaktika inspektori Sahaddinov Farrux tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlanishicha, mahallada joriy yilning 1-choragi davomida 1 ta jinoyat sodir etilgan. Shuningdek, mazkur mahalla tumandagi kriminogen vaziyat nisbatan og‘ir bo‘lgan 5 ta mahalladan biri hisoblanadi.

O‘rganish jarayonida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, xususan, profilaktika inspektorining fuqarolar bilan ishlash tizimi va profilaktik tadbirlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.

Mahallada jinoyatchilikni kamaytirish maqsadida yangicha ishlash mexanizmlari joriy etilayotgani, jumladan, ko‘chalarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani alohida qayd etildi.

Mahallada osoyishtalikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ijobiy ishlar e’tirof etilib, umumiy holat qoniqarli deb baholandi.

Shuningdek, mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

 Mazkur saylov okrugida deputatlik o‘rni vakanti bo‘lganligi sababli, hudud bilan bog‘liq masalalar vaqtincha tuman Kengashi kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirib kelinmoqda.

Hududda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3