Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
#24_ta_masala Mahallada kambag‘allikni qisqartirish: natijalar va muammolar

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli Xonaqa mahallasida olib borilgan o‘rganishlar mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati samaradorligini baholash, ayniqsa aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni tahlil qilishga qaratildi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, Jo‘raqulov Oltinbek 2024-yildan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yilning birinchi choragi davomida u tomonidan 8 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit ajratilishiga tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga, 40 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, ularning daromad manbalarini shakllantirishga erishilgan. Eng muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida 24 nafar fuqaro kambag‘allikdan chiqarilgani qayd etildi.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallada kambag‘allik darajasi 4,6 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich, albatta, muayyan ijobiy natijalarni ifodalaydi va tizimli ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar mavjudligini ham ko‘rsatdi. Xususan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Ayniqsa, “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida ishlash sust yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mavjud yer resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish imkoniyatlari yetarli darajada ishga solinmayapti.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasida erishilgan natijalarni yanada mustahkamlash, aholi bandligini oshirish bilan bir qatorda tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tizimli ravishda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “Bir kontur — bir mahsulot” dasturi doirasida aniq reja asosida ish olib borish, aholiga amaliy ko‘mak berish hamda nazoratni kuchaytirish orqali mavjud muammolarni bartaraf etish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4