Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Jamiyat mahallasidagi sport infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar Jamiyat MFY hududida joylashgan “Istiqlol” sport kompleksi faoliyati bilan tanishdilar.

✔️O‘rganish jarayonida sport majmuasining mavjud holati, aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, inshootdan foydalanish samaradorligi hamda uning moddiy-texnika bazasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, sport kompleksida bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, ayrim jihozlarning yetarli emasligi, ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi hamda yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

✔️Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimi nomiga deputat so‘rovi kiritildi. Unda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda sport majmuasi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar bayon etildi.

✔️Mazkur tashrif va o‘rganish ishlari hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yanada turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Slide 1 of 3