Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hududlarda holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun Doimiy komissiya a’zolari Xusainov Abdixalik Nabiyevich, Xallakov Baxodirjon Abdukaxorovich, Fazilov Ramiz Yasharovich, Suleymanova Muyassarxon Nizamovna, Iskandarov Albert Shoyimovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Axmedjanova Xurriyat Faxritdinovna Yakkasaroy tumanida o‘rganishlar olib bordilar.

O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumani idoralararo muvofiqlashtirish Shtabining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi rahbari Maxmudov Ravshanjon Faziljanovich bilan uchrashuv o‘tkazilib, shtab faoliyati yuzasidan qator masalalar o‘rganildi.

Xususan, shtab tomonidan 2025-yil hamda 2026-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha solishtirma hisobot taqdim etilishi so‘raldi. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar davriyligi, ularda berilayotgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda bu borada erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, hududlarda o‘rnatilgan “chaqiruv tugmalari”ning ishlash holati, ularning samaradorligi hamda aholi xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan ma’lumotlar olindi.

📝 Komissiya a’zolari tomonidan shtab faoliyati yuzasidan batafsil hisobotni Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida eshitish taklifi ilgari surildi.

Hududlarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda tizimli nazoratni kuchaytirish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1