Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

📍 Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hududlarda holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun Doimiy komissiya a’zolari Xusainov Abdixalik Nabiyevich, Xallakov Baxodirjon Abdukaxorovich, Fazilov Ramiz Yasharovich, Suleymanova Muyassarxon Nizamovna, Iskandarov Albert Shoyimovich, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotobiyati bosh mutaxassisi Axmedjanova Xurriyat Faxritdinovna Yakkasaroy tumanida o‘rganishlar olib bordilar.

O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Qodirov Azizbek Ro‘zimat o‘g‘li bilan uchrashildi hamda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi:

🔥 Xonadonma-xonadon yurilib, aholiga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borilayotgani;

🚒 Tashkilotlarda tekshiruvlar o‘tkazilib, yong‘in sodir bo‘lganda birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar bo‘yicha yo‘riqnomalar berilayotgani;

📊 Har kunlik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar rahbariyatga taqdim etib borilayotgani;

🏢 Tumandagi barcha tashkilotlar yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi, zarur anjomlar bilan ta’minlanganligi yuzasidan muntazam nazorat olib borilayotgani;

Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi “Askiya” dehqon bozori hududida ayrim savdo joylarining vaqtincha yopilgani sabablari ham o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan mazkur holat yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaganligi bilan izohlanib, hozirda kamchiliklarni bartaraf etish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

📝 Komissiya a’zolari tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati yuzasidan hisobotni Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida eshitish taklifi ilgari surildi.

Hududlarda xavfsizlikni ta’minlash, profilaktik ishlarni kuchaytirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1