Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
📌 DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.  

Navbatdagi sayyor qabul davomida “Navro‘z” mahallasi aholisidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq asosli e’tirozlar kelib tushdi. O‘rganish natijasida mahalladagi ichki yo‘llarning holuti talabga javob bermasligi, xususan, “Nurafshon” ko‘chasi 3-yo‘lakning 850 metr, 4-yo‘lakning 550 metr, 5-yo‘lakning 850 metr qismi ta’mirtalab ekanligi aniqlandi. 

Ushbu jami 2,25 kilometrlik yo‘l qatnov qismini ta’mirlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi. Hozirda mazkur yo‘llarni joriy yoki kapital ta’mirlash dasturlariga kiritish bo‘yicha Urganch shahar hokimi o‘rinbosariga deputat so‘rovi chiqarildi. 

 🔎 Ushbu masala ijrosi deputat nazoratiga olindi.