Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida aholi murojaatlari bo'yicha o'rganish olib borildi.
янв.21
"Deputatga savol" – ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Депутата туман Давлат архиви фаолиятини ўрганди.
янв.21
Deputatlik nazorati: maktab o‘quvchilari xavfsizligi e'tiborda!
янв.21
Депутат чорвачилик билан шуғулланувчи фуқароларнинг турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati reyting natijalari bo‘yicha yuqori baholanganlar taqdirlandi.
янв.21
26-son maktabdagi qo‘shimcha bino qurilishi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
Kengash_faoliyati

AMALIY O‘RGANISH: SENAT QARORI IJROSI NAZORATDA.

✅Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish va qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

✅Tasdiqlangan grafik asosida 16-“Qaldirg‘och” saylov okrugidan saylangan deputat Qudratov Davron Qo'ldoshevichga biriktirilgan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan Qaldirg‘och mfyda navbatdagi o‘rganish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov mazkur mahallada bo‘lib, muhim masalalarga e’tibor qaratdi.

✅O‘rganishning asosiy maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini joylarda ta’minlash, belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishini ko‘zdan kechirish va mahalladagi mavjud holatni tahlil qilishdan iborat.

✅ O‘rganish davomida:

Senat qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi;

✅Mahalla infratuzilmasi va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tahlil qilindi;

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅"Qonun ustuvorligi va qarorlar ijrosi — xalqimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi shart. Har bir band ijrosi qog‘ozda emas, amalda o‘z aksini topishi nazoratimizda."

Slide 1 of 1