Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat, ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Mullajonov hamda 13-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan Taraqqiyot mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Xususan, 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududda tashkil etilgan yangi mevali va manzarali daraxtlar, ko‘p yillik hamda mavsumiy gul ko‘chatlari ekish, gulzorlar barpo etish va ularni parvarishlash ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi baholanib, hududni yanada obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.