⏳Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashi raisi M.Matmuratova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🗓Bugun Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashi raisi M.Matmuratova tomonidan Qo‘ng‘irot tumani "Temirjol" MFY da qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy obyektlarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🏗O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Qurilish maydonlarida pudratchi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
➡️Shuningdek, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish, uy-joylarning sifatli va o‘z vaqtida topshirilishini ta’minlash masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
🔎 O‘rganishlar davom etmoqda va bu boradagi ishlar doimiy nazoratda bo‘ladi.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashi kotibiyati