Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
янв.21
Депутат томонидан Кураш зали ҳолати ўрганилди.
янв.21
Guliston tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-25-35-9-124-K/26-sonli qarori ijrosi doimiy nazoratda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish va bandlikka yangi qadam!
янв.21
Депутат маҳалла инфратузилмасини яхшилаш мақсадида ўқув семинари ўтказди.
янв.21
Депутат иссиқхона фаолияти билан шуғулланувчи МЧЖ ни ўрганди.
янв.21
Guliston tumanida yangi investitsiya — yangi imkoniyatlar!
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA ISTIQBOLLIK REJALAR

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 19-Quduqsoy saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulovlar tomonidan “Quduqsoy” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi.

🤝 Hamjihatlik – Taraqqiyot Garovi

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Subsidiya – Daromad Manbai

Deputat va mahalla faollari mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Muhayyo Boltayevaning xonadonida bo‘lishdi.

"Ilgari ishsiz edim, bugun esa davlatimiz ko‘magi bilan o‘z xonadonimda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bu nafaqat oilaviy daromadimizni oshirdi, balki o‘zimni jamiyatda kerakli inson deb his qilishimga sabab bo‘ldi," — deydi xonadon sohibasi.

✅ Tahlil va Tavsiyalar

O‘rganish yakunida G.Xolmatova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Deputat mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berdi:

✅Muammolarni xonadonbay aniqlash: Har bir xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi;

✅Imkoniyatlardan foydalanish: Davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarni haqiqiy egalariga yetkazish;

✅Hamkorlikni kuchaytirish: Yettilikning har bir a’zosi yagona maqsad — aholi farovonligi yo‘lida birlashishi.

Maqsadimiz bitta: Mahallani jinoyatchilikdan xoli, tadbirkorlik rivojlangan va aholisi rozi bo‘lgan hududga aylantirish!

Slide 1 of 4