Sobirobod mahallasida yoshlar masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Normetova Sobura Vohobovna hamda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan Sobirobod mahallasida yoshlar masalalari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning bandligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammo va takliflari, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotlar davomida aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
Bu kabi o‘rganishlar yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va tizimli yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!