Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
янв.21
Депутат томонидан Кураш зали ҳолати ўрганилди.
янв.21
Guliston tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-25-35-9-124-K/26-sonli qarori ijrosi doimiy nazoratda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish va bandlikka yangi qadam!
Deputat tashabbusi bilan Paxtakor tumanida kanallar tozalanmoqda!

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 14 – Xamza saylov okrugi deputati Avazov Azamat tashabbusi bilan hududdagi kanallarda to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash ishlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Deputat tomonidan ilgari surilgan mazkur tashabbus asosida kanallarning o‘zanini chiqindilardan tozalash, suvning erkin oqimini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu esa nafaqat sug‘orish tizimlarining samarali ishlashiga, balki hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.

Shuningdek, deputat tomonidan bu kabi ishlarni tizimli davom ettirish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlanmoqda.

Slide 1 of 4