Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
янв.21
Депутат томонидан Кураш зали ҳолати ўрганилди.
янв.21
Guliston tuman Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-25-35-9-124-K/26-sonli qarori ijrosi doimiy nazoratda.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish va bandlikka yangi qadam!
янв.21
Депутат маҳалла инфратузилмасини яхшилаш мақсадида ўқув семинари ўтказди.
янв.21
Депутат иссиқхона фаолияти билан шуғулланувчи МЧЖ ни ўрганди.
янв.21
Guliston tumanida yangi investitsiya — yangi imkoniyatlar!
янв.21
Deput tashabbusi bilan ichki ko‘priklar ta’mirlandi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan noqonuniy qurilish bartaraf etildi!
янв.21
Ekspert guruhi o‘rganishi: Ekologiya sohasidagi ishlar tahlil qilindi.
Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan hududdagi obyektlarida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Nazorat tahlil tadbiri davomida Q. To‘laganov nomidagi oilaviy poliklinika faoliyati atroflicha nazorat tahlili olib borildi. Dastlab, ro‘yxatga olish bo‘limidagi mavjud shart-sharoitlar, aholiga yaratilgan qulayliklar yuzasidan mas’ul hamshira tomonidan ma’lumot berildi. Shuningdek, muassasada tashkil etilgan fitobar faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, dorivor giyohlar asosida tayyorlanayotgan damlamalarning sifati va saqlanish jarayoni o‘rganildi. Nazorat jarayonida dori-darmon zaxiralari, ularning yetarliligi hamda saqlash tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Shifokor va hamshiralar tomonidan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, davolash jarayonlari bevosita kuzatildi.Deputat bemorlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasi, sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Shu bilan birga, poliklinikadagi xona o‘rinlari soni, moddiy-texnik baza hamda yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha deputat tomonidan tahlil qilinib, mavjud holatga baho berildi.

Slide 1 of 1