Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
XALQNI ROZI QILISHNING YO‘LI BU, MULOQOT VA MUAMMOLAR YECHIMIDIR

Xalq bilan muloqot davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Har bir soha mutasaddisi, xalq vakili doimiy ravishda aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolarini, dardu tashvishlarini o‘rganmoqda, vakolati doirasida masalalarni hal etish choralarini ko‘rayotir.

Mahalliy Kengash deputatlari o‘zlari saylangan hududlarda belgilangan reja bo‘yicha joylarda xalq bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.

Bunda Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va yechimini qilish maqsadida aholi bilan bevosita muloqot olib borayapdilar.

Shuningdek, deputatlar tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davomida davlatimizda qabul qilingan yangi qonunlar va ko‘rib chiqilayotgan muhim masalalar mazmun-mohiyatlari ham aholiga tushuntirib borilmoqda.

Ana shu maqsadlar davomiyligi sifatida hamda saylovchilar murojaatlarini tinglash va ijrosi yuzasidan vazifalar belgilab olish uchun 2026-yil 8-aprel kuni Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Sobirov Eshqobil Xoldorovich, xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi - deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich va deputat Kenjayeva Mazluma O‘ralovnalar Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining "Xalq bilan muloqot" ko‘rsatuv dasturida ishtirok etishdi.

Slide 1 of 5