Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
#24_ta_masala Deputat mahallada xotin-qizlar faoliyati va ijtimoiy masalalarni o‘rgandi

✔️Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati V.Qurbonova O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar va ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyat holatini yaqindan o‘rgandi.

✔️Mahallada jami 4265 nafar fuqaro istiqomat qiladi, shundan 2286 nafari xotin-qizlardir. Hozirgi kunda 146 nafar ayol “Ayollar daftari”da, 12 nafari esa ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turibdi. Bu raqamlar mahallada xotin-qizlar bilan tizimli ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlashning aniq natijalarini ko‘rsatmoqda.

✔️Shuningdek, hududdagi oilaviy munosabatlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Mahallada mavjud 2 ta nizoli oila bilan yarashtirish ishlari olib borilayotgani, avvalgi nizoli oilalardan 5 tasi bilan esa yarashuvga erishilgani qayd etildi. E’tiborlisi, 2026-yil boshidan buyon mahallada ajrim holatlari qayd etilmagan.

✔️Tashrif davomida deputat xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ham o‘rgandi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2