Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
#Dastur_ijrosi Toyloq tumanidagi 44-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan muhim va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅Toyloq tumanidagi 44-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan muhim va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashi deputati Nilufar Akramova ishtirok etib, muassasa faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari chuqur va har tomonlama tahlil qilindi. Tahlillar davomida muassasaning bugungi kundagi holati, erishilgan natijalar hamda mavjud imkoniyatlar keng muhokama etildi.

Xususan, quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

— ish hujjatlarini yuritish tartibini to‘g‘ri va samarali tashkil etish

— ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yish

— ichki nazorat tizimini mustahkamlash va uning samaradorligini oshirish

— boshqaruv faoliyatida aniqlik, shaffoflik va natijadorlikni ta’minlash

💬Amaliy tahlillar jarayonida muassasaning mavjud yutuqlari alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda uchrayotgan kamchilik va muammolar ham ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq, amaliy va manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, barcha faoliyat yo‘nalishlarini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

— o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish

— ish hujjatlarini zamon talablari asosida takomillashtirish

— ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va keng ommalashtirish

💬Uchrashuv yakunida bildirilgan fikr va tavsiyalar muassasa faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda boshqaruv tizimiga innovasion yondashuvlarni joriy etishda muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

🗣Mazkur tashrif nafaqat muassasa faoliyatini chuqur tahlil qilish, balki kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilab olishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 3