Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
Agroinnovatsiya loyihalari amalda

 🔹“Katta qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inida 6 gektar maydonda 26 ta issiqxona qurilmoqda. Bugungi kunda Uchko‘prik tumani
"Katta Qashqar" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1367 ta xonadonning 900 dan ortig‘ida limon yetishtirilmoqda. Limonchilik va ko‘chatchilik hududning asosiy drayveri hisoblanadi.
 

Vazirlar Mahkamasining “Respublikada limonchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qaroriga asosan mahallada limonchilikni yanada rivojlantirish maqsadida yoshlar uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilishi belgilangan.
 

Mazkur qaror ijrosi doirasida “Turonbank” ATB ko‘magida 6 gektar yer maydonida 26 ta issiqxona qurilmoqda. Mazkur
issiqxonalarga 4 ming tupdan ziyod serhosil limon ko‘chatlari ekilib, bosqichma-bosqich issiqxonalar sonini va hosildorlikni oshirib borish ko‘zda tutilgan.
 

Limon ko‘chatlari hosilga kirgunga qadar issiqxonalarda sabzavot va poliz ekinlari ekilib, qo‘shimcha daromad olinmoqda. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1