Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ногирон фуқаролар бандлигини таъминлаш юзасидан ўрганиш олиб борди.
янв.21
Депутат ижтимоий ҳимояга муҳтож оилар турмуш шароитларини ўрганди.
янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
Maktab oshxonasida oziq-ovqat xavfsizligi talablari buzilgani aniqlandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O'.Shukurov tomonidan o‘z saylov okrugidagi 5-umumta’lim maktabida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun moddalari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida maktab oshxonasida qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlariga to‘liq rioya etilmayotgani, sanitariya-gigiyena talablarining buzilgani hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida kamchiliklar mavjudligi kuzatildi.

Mazkur holat qonun 7-moddasi (oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi talablari), 10-moddasi (markirovkalash talablari) va 12-moddasi (saqlash sharoitlari) talablariga zid ekanligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, qonun ijrosini ta’minlash bo'yich deputatlik so'rovi chiqarilishi rejalashtirildi.

Slide 1 of 1