Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
#deputat nazorati

Olmaliq shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda shahar Kengashi deputati Fahriddin Matasimov ishtirok etishdi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagi uchta muhim yo‘nalishga qaratildi:

🏀 Sport anjomlari zahirasi: Maktabning sport zali va maydonchalaridagi jihozlarning holati, to‘plar, gimnastika anjomlari va boshqa sport inventarlarining yetarlilik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🏆 O‘quvchilarning sportdagi faolligi: Maktab o‘quvchilarining shahar va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida ishtirok etishi, erishilgan natijalar va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi tahlil qilindi.

🧼 Oshxonaning sanitar holati: O‘quvchilarning ovqatlanish tartibi, oshxonadagi tozalik darajasi, mahsulotlarni saqlash sharoitlari va taomnomaning belgilangan me’yorlarga mosligi tekshirildi.

Yakunda deputatlar tomonidan sport anjomlarini yangilash va maktab oshxonasi faoliyatini standart talablari darajasiga keltirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9