Deputat murojaatlar bo‘yicha amaliy yechimlar ko‘rish va aholiga yordam berish uchun kerakli tashkilotlar bilan hamkorlik qilinishini ta’kidladi. Har bir masala joyida ko‘rib chiqildi va tezkor hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
Ayollarning ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi, kam ta’minlangan oilalarga yordam berish
Mahalla hududidagi sog‘liqni saqlash, bepul tibbiy yordam va dorilar bilan ta’minlash
Mahalla ichki yo‘llari, transport xavfsizligi va kechqurun yoritish holati
Ta’lim va sport inshootlarining mavjudligi, ularning jihozlari va foydalanish imkoniyatlari
Ayollar tomonidan tashabbuslar va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish
Deputat Sarajanova Anjilika har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, tushuntirishlar berdi va ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berdi.
Bunday uchrashuvlar ayollarning ehtiyojlarini bevosita o‘rganish, jamiyatdagi faollikni oshirish va hududdagi muammolarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.