Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат томонидан маҳалла еттилиги фаолиятини ўрганилди.
янв.21
Депутат Дастур асосида қурилиш битмай қолган объект холатини ўрганди
янв.21
Депутат томонидан маҳалладаги дорихоналар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан Соҳилобод маҳалласидаги хизмат кўрсатиш масканлари фаолияти ўрганилди.
янв.21
MUROJAT O'RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT O‘RGANDI: NATIJA BOR, ISH BOR!
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
ZARBDOR MFYDA AMALIY ISHLAR VA O‘RGANISHLAR!
янв.21
Deputati boshchiligida mahalladagi ariq betonlashtirildi.
янв.21
Deputat ko‘magi bilan elektr energiyasi quvvati tiklandi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi murojaatlari va dolzarb masalalarni joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi Obloqul Isanovning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Jumladan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, deputatlik faoliyati doirasida ilgari surilgan tashabbuslar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ishonchini oqlash va hududni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3